GAROVGA QO'YILAYOTGAN MULKNI
SUG'URTLASH
SUG‘URTA QOPLAMASI
Sug‘urta himoyasi quyidagi holatlar natijasida yuridik shaxslarning
mol-mulkiga to‘liq yoki qisman zarar yetganda taqdim etiladi:
- Yong'in;
- Portlash;
- O'g'rilik;
- Santexnika tizimlarining shikastlanishi;
- Uchuvchi jismlarning qulashi;
- Chaqmoq urishi;
- Uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari;
- Tabiiy ofatlar (zilzila, toshqin, bo'ron, to’fon va hk) va boshqa xatarlar.
MULK
- Bino, inshoot (shu jumladan binolarni bezatish va ta’mirlash narxi bo‘yicha);
- Muhandislik tizimlari;
- Asosiy va yordamchi tarmoqlar uchun uskunalar;
- Ofis va savdo uskunalari, mebellar;
- Asboblar va uskunalar;
- Materiallar, xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar zaxiralari;
- Tayyor mahsulotlar, sotish va vaqtincha saqlash uchun mo‘ljallangan mahsulotlar va boshqalar.
QOPLASH TARTIBI
Mulk to‘liq yo‘qolgan taqdirda - zarar yetkazilgan mulkning sug'urta shartnomasi tuzilgan kundagi haqiqiy qiymati to‘lab beriladi, franshiza miqdori chiqarib tashlanadi.
Mulkka qisman zarar yetkazilgan taqdirda – tiklash uchun zarur bo‘lgan miqdori to'lab beriladi, franshiza miqdori chiqarib tashlanadi.
Qo‘shimcha qoplama
- Yetkazib berish jarayonida bo‘lgan mulk;
- Hududni tozalash va qoldiqlarni olib tashlash;
- Vaqtinchalik demontaj;
- Ta’mirlash;
- Zarar miqdorini kamaytirish bo‘yicha xarajatlar;
FRANSHIZA
- Zararning qoplanmaydigan qismi;
- Franshiza miqdori qancha katta bo‘lsa, bizning xizmatlarimiz uchun shuncha kam pul to‘laysiz;
- Sug'urta qoplamasini to'lab berishda franshiza miqdori chiqarib tashlanadi.
SUG’URTA SUMMASI
- Mulk sug‘urtasining miqdori uning haqiqiy qiymatiga muvofiq belgilanadi.
SUG‘URTA MUKOFOTI
0,1 — 1,0%
sug‘urta summasiga nisbatan yiliga