yandex
image_pdfChop etish uchun versiya

GAROVGA
hodisalardan sug'urtalash

neschastka fl 3

BAXTSIZ HODISALARDAN SUG‘URTALASH NIMA UCHUN KERAK??

Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash sug‘urtalanuvchiga, shuningdek uning oilasi va yaqinlariga kutilmagan holatlarda moddiy yordam beradi.

Sug‘urta summasi daromad darajasiga, hayotingiz va kasbiy faoliyatingiz qanday xatarlar bilan bog‘liqligiga qarab mustaqil ravishda belgilanishi mumkin. Agar baxtsiz hodisa natijasida yagona boquvchi nogiron bo‘lib qolsa, sug‘urta to‘lovi uning reabilitatsiyasi xarajatlarini qoplashga yordam beradi va mablag‘siz qolishning oldini oladi.

Baxtsiz hodisa istalgan joyda sodir bo‘lishi mumkin: yo‘llarda, uzoq masofalarga sayohat qilishda, sport bilan shug‘ullanishda, sifatsiz oziq-ovqat natijasida, o‘tkir yuqumli kasalliklarni yuqtirish natijasida. Suyak sinishi, jiddiy kuyish yoki boshqa shikastlanishlar nafaqat jismoniy azob-uqubatlarni, balki moddiy zararni ham keltirib chiqaradi.

BAXTSIZ HODISA YUZ BERGANDA BIZ QANDAY HARAJATLARNI QOPLAYMIZ??

Sug‘urta shartnomasi, sug‘urtani imzolagan shaxsga yoki uchinchi shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Sug‘urta hodisalariga quyidagilar kiradi: 

  • baxtsiz hodisa natijasida shikastlanish va vaqtincha mehnat qobilyatini yo‘qotish;
     
  • baxtsiz hodisa natijasida kasalxonaga tushib qolish va operatsiya; 
     
  • baxtsiz hodisa natijasida mehnat qobiliyatini yo‘qotish – nogironlik;
     
  • Baxtsiz hodisa natijasida yuzaga kelgan o‘lim holati.

SUG‘URTA MUKOFOTI

0,5 — 2,0%

sug‘urta summasiga nisbatan yiliga