QURILISH VA MONTAJ ISHLARIDA
XATARLARNI SUG'URTALASH
Qurilish-montaj ishlaridagi xatarlarni sug‘urtalash - har qanday qurilish loyihasi bo‘yicha qurish va montaj qilish vaqtida sizning moliyaviy va mulkiy manfaatlaringizni himoya qilishning bir usuli.
SUG‘URTA QOPLAMASINI OLISH UCHUN QUYIDAGI XATARLAR SABAB BO‘LISHI MUMKIN
• yong‘in, portlash, chaqmoq chaqishi; tuproqning cho‘kishi, tuproq ko‘chkisi;
• tabiiy ofatlar (zilzila, bo‘ron, to‘fon, yomg‘ir, do‘l va boshqalar);
• uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari;
• gaz ballonlari, qozonxonalar va boshqa texnik va gidravlik uskunalar, apparatlar, mashinalar va shunga o‘xshash boshqa qurilmalarning portlashi;
• kranlar, ko‘tarilgan yuklar, bloklar va qismlarning qulashi;
• muhandislik tarmoqlarining ishdan chiqishi;
• qurilish-montaj ishlarini bajarishda xatolar, beparvolik;
• inshootlarning yoki ularning uchastkalari va qismlarining qulashi.