yandex
...
image_pdfChop etish uchun versiya


YURIDIK SHAXSLARNING
MULKINI SUG‘URTALASH

opo

Yong‘in, suv toshqini, o‘g‘irlik natijasida har kim mol-mulkini yo‘qotishi mumkin, ammo bu holatlar korxona uchun katta zarar keltiradi. Mulkning shikastlanishi yoki yo'qolishi ishlab chiqarishning to‘xtab qolishiga, xodimlarning ish haqi pasayishiga va natijada foydaning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Korxonalarning mavjud xatarlarini minimallashtiruvchi va tashkilotlarga o‘z faoliyatini barqaror olib borishga imkon beruvchi eng oqilona qaror bu tashkilot mulkini sug‘urtalashdir.

BIZNING KOMPANIYAMIZDA SUG‘URTA POLISINI RASMIYLASHTIRISH ORQALI O‘Z MULKINGIZNI QUYIDAGI HOLATLARDAN SUG‘URTALASHINGIZ MUMKIN

  • Yong‘in.
  • Chaqmoq.
  • Portlashlar: asosan - gaz uskunalari: bug ‘qozonlari, gaz quvurlari.
  • Tabiiy ofatlar: toshqin, qurg‘oqchilik, zilzila, bo‘ron, to‘fon, do‘l, ko‘chkilar va boshqa holatlar.
  • Suvning ta’siri: qo‘shni obyektlardan yoki yer osti suvlarining toshishi, suv va issiqlik quvurlarining yorilishi, yong‘inga qarshi tizimlarning salbiy ta’siri.
  • Uchinchi shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari: o‘g‘irlik, talonchilik, bezorilik.
  • Derazalarni, do‘kon oynalarini va boshqa shisha inshootlarni sindirish.
  • Begona buyumlarning qulashi: daraxtlar, yorug‘lik ustunlari, uchuvchi apparatlar va ularning qismlari.
  • Quruqlik transport vositasi bilan to‘qnashuv.

YURIDIK SHAXSLARNING MULKINI SUG‘URTALASH OBYEKTLARI QUYIDAGILAR BO‘LISHI MUMKIN

  • binolar, inshootlar va ularning ichki bezaklari;
  • uskunalar, mashinalar, instrumentlar va jihozlar;
  • mebel, ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari;
  • tovar zaxiralari, tayyor mahsulotlar, xom ashyo va materiallar.

#!trpst#trp-gettext data-trpgettextoriginal=706#!trpen#BannerText_#!trpst#trp-gettext data-trpgettextoriginal=707#!trpen#Seraphinite Accelerator#!trpst#/trp-gettext#!trpen##!trpst#/trp-gettext#!trpen#
#!trpst#trp-gettext data-trpgettextoriginal=708#!trpen#Turns on site high speed to be attractive for people and search engines.#!trpst#/trp-gettext#!trpen#