«ASKO-VOSTOK» AKSIYADORLIK JAMIYATI QO‘SHMA KORXONA
SUG‘URTA TASHKILOTI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
Xurmatli aksiyadorlar!
«ASKO-VOSTOK» Aksiyadorlik jamiyati qo‘shma korxona sug‘urta tashkiloti Kuzatuv kengashining 2023 yil 03 avgustdagi qaroriga asosan Jamiyat Ustav fondining miqdorini ko‘paytirish maqsadida nominal qiymati 100 so‘m bo‘lgan 150 000 000 dona egasining nomi yozilgan oddiy hujjatsiz shakldagi qo‘shimcha aksiyalarning chiqariluvi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi tomonidan 2023 yil 11 sentyabrda R0947-4 son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini ma’lum qilamiz.
Qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorga asosan Jamiyat aksiyalari aksiyadorlarga imtiyozli sotib olish huquqi taqdim etish bilan yopiq obuna orqali joylashtiriladi.
Qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorga asosan jamiyatning oddiy aksiyalari egalariga qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarni imtiyozli sotib olish huquqi beriladi. Imtiyozli sotib olish huquqining amal qilish muddati bildirishnoma e’lon qilingan paytdan e’tiboran 10 (o‘n) kun davomida amal qiladi.
Jamiyat aksiyalarini imtiyozli sotib olish huquqiga ega shaxslarning ro‘yxati 2023 yil 03 avgust xolatiga shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestrining ma’lumotlari asosida tuziladi.
Qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalar 100 so‘mdan joylashtiriladi.
Aksiyalarni imtiyozli sotib olish huquqiga ega shaxslarga ushbu chiqarilishdagi aksiyalar 100 so‘mdan joylashtiriladi.
Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyadorlar aksiyalarni olishi to‘g‘risida o‘zining ismi – sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), o‘zi oladigan aksiyalarning soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to‘laganlik to‘g‘risidagi hujjatni Jamiyatga yuborish orqali o‘z imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishga haqlidirlar. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida Jamiyatga taqdim etilishi kerak.
Mazkur chiqarilishdagi aksiyalar uchun to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.
Imtiyozli xuquqqa ega shaxslar tomonidan aksiyalar sotib olinayotganda to‘lovlar qonunchilikda belgilangan tartibda xorijiy valyutada amalga oshirilishi mumkin.
Imtiyozli xuquqning amal qilish muddatida aksiyalar uchun to‘lovlar faqat pul mablag‘lari bilan amalga oshiriladi. To‘lovlar jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul va naqdsiz (plastik kartalar), yuridik shaxslar tomonidan pul o‘tkazish yo‘li bilan naqdsiz shaklda amalga oshiriladi.
Aksiyalar uchun milliy valyutadagi pul mablag‘lari Emitentning 2020 8000 9001 9227 2001 hisob raqamiga qabul qilinadi. Bank nomi – «ORIYENT FINANS» xususiy aksiyadorlik tijorat banki qoshidagi amaliyot boshqarmasi («ORIYENT FINANS» XATB), Bank kodi – 01071, Bank STIRi – 207086151, Bank manzili – 100052, O‘zbekiston Respublikasi Toshkent sh. Osiyo ko‘chasi, 5 uy.
Aksiyalar uchun AQSH dollaridagi pul mablag‘lari Emitentning 2020 8840 9001 9227 2004 hisob raqamiga, Yevrodagi pul mablag‘lari Emitentning 2020 8978 4001 9227 2004 hisob raqamiga qabul qilinadi. Bank nomi – “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki “Darxon” filiali («Trastbank» XAB “Darxon” filiali), Bank kodi – 00954, SWIFT kodi — TRSAUZ22, Bank STIRi – 201055090, Bank manzili – 100011, O‘zbekiston Respublikasi Toshkent sh. Navoiy ko‘chasi, 7 uy.
«ASKO-VOSTOK» AJ QK ST aksiyadorlari imtiyozli olishga xaqli bo‘lgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
A / 351 864 303 = B;
150 000 000 * B = C;
Bunda:
351 864 303 – Jamiyat ustav kapitalidagi oddiy aksiyalar soni;
150 000 000 – qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalar umumiy soni;
A – aksiyadorning Jamiyat ustav kapitalidagi oddiy aksiyalari soni;
V – Jamiyat ustav kapitalidagi jami oddiy aksiyalarga mutanosib ravishda oddiy aksiyalar soni;
C – imtiyozli xuquq qo‘llanilganda aksiyador tomonidan imtiyozli cotib olinishi mumkin bo‘lgan aksiyalar soni.
Qoldiq xosil bo‘lgan xollarda, qoldiq son 5 (besh) ga teng va undan ortiq bo‘lsa ko‘paygan tomonga, 5 (besh) dan kam bo‘lsa kamaygan tomonga butlanadi.
Aksiyadorlar, qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun jamiyatning Yuridik departamentiga murojaat qilishlari mumkin.
Ma’lumot uchun telefonlar: (+998 71) 205-08-08